Tramp: "AQSh tez orada Natanz yadroviy inshootini bombardimon qiladi"
AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika harbiylari Natanzdagi Eron yadroviy inshootini "juda tez orada" bombardimon qilishini aytdi.
Bu haqda Oq uy rahbari Salem Radio Network bilan intervyusida yaqin kunlarda Eronga yirik zarbalar berilishini e’lon qildi.
"Biz buni qilamiz. Kirk tog‘ini vayron qilamiz. Eronliklarga tayyorlanishlarini ayting", dedi u.
Kirk tog‘i - Erondagi Natanz yadroviy majmuasidan bir mil janubda joylashgan tog‘ tizmasi.
"Biz bugun kechqurun ularga juda qattiq zarba beramiz. Va ertaga ularga juda qattiq zarba beramiz. Va ular bu haqda hech narsa qila olmaydilar", dedi u.
Avvalroq, Tramp Kongressga Eronga qarshi harbiy harakatlar boshlanganligi haqida rasman xabar bergani haqida xabar berilgan edi. Shu munosabat bilan AQSh Markaziy qo‘mondonligi 14 iyul kuni soat 16:00 da Eron portlarini blokada qilish qayta boshlanganini e’lon qildi.
