Tramp AQSh saylovlariga aralashuv haqidagi ma’lumotlar yashirilganini ma’lum qildi: «Buning ortida «yashirin hukumat» turibdi»
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi «yashirin hukumat» vakillari saylovlarga chetdan bo‘lgan aralashuv ko‘lamini xaspo‘shlashga faol uringanini bayon qildi.
Bu haqda Oq uy rahbari xalqqa yo‘llagan navbatdagi murojaatida gapirib o‘tgan.
Trampning ta’kidlashicha, razvedka idoralari xodimlaridan iborat nufuzli guruh Xitoyning AQSh saylov tizimiga ta’sir o‘tkazishga urinishlari haqidagi haqiqatni oshkor qilmaslik uchun harakat qilgan.
«Yashirin hukumat» vakillari — bu juda ham taniqli insonlar guruhi bo‘lib, ularning aksariyati o‘zimizning razvedka idoralarimiz xodimlaridir. Ular Xitoyning saylovlarga g‘arazli aralashuvi ko‘lami haqidagi ma’lumotlarni ham prezidentdan, ham Amerika xalqidan yashirish va ataylab kamaytirib ko‘rsatish ustida faol ish olib borishgan», — deya AQSh prezidenti so‘zlarini keltirmoqda «RIA Novosti».
