Tramp AQSh kelajagi haqidagi noxush taxminini ma’lum qildi

Tramp AQSh kelajagi haqidagi noxush taxminini ma’lum qildi

Qo‘shma Shtatlarning sobiq prezidenti Donald Tramp uch yildan keyin AQShning yo‘q bo‘lib ketishi haqida fikr bildirdi.
“Newsmax” efiridagi intervyusida Tramp shunday mulohaza yuritdi”, deyiladi “Huffington Post” nashri xabarida.

Oq uyning sobiq rahbarining aytashicha, keyingi sakkiz oyda amaldagi prezident Jo Bayden boshqaruvi shunchalik darajaga borganki, “bunday pastga enish tarixda kuzatilmagan”.

“Bu holda 2022 va 2024 yillardagi saylovlarga bormasdan mamlakat tugaydi”, dedi u.

Ma’lumot o‘rnida, 2022 yilning 8 noyabrida Vakillar palatasiga, 2024 yilning 5 noyabrida esa prezidentlikka saylovlar bo‘ladi.

Avvalroq, “Politico” gazetasida Trampning 2024 yildagi prezidentlik saylovida ishtirok etish istagini bildirgani ma’lum qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!