Tramp: AQSh Yevropadagi barcha askarlarini olib chiqib ketishi mumkin edi

Tramp: AQSh Yevropadagi barcha askarlarini olib chiqib ketishi mumkin edi

AQSh Yevropa uchun pul sarflashga majbur emas va Yevropaning Vashington bilan munosabatlarga bo‘lgan yondashuvini hisobga olgan holda, u yerdan o‘z qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishi mumkin, deb bayonot berdi Amerika prezidenti Donald Tramp.

U bu haqda Anqaradagi NATO sammiti doirasida turkiyalik hamkasbi Rejep Tayyip Erdogan bilan uchrashuvda, Grenlandiya atrofidagi vaziyat hamda Yevropaning AQSh tomonidan orol ustidan suverenitet olinishiga to‘sqinlik qilayotganiga izoh berayotib aytib o‘tdi.

«Biz umuman pul sarflashga majbur emasmiz. Biz Yevropadagi barcha askarlarimizni olib chiqib ketishimiz mumkin edi», — deya ta’kidladi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa bundan 20 yil oldingi holatida emas.

«Unga ehtiyotkorroq bo‘lishni maslahat berardim. Immigrasiya va energetika masalalarida. Agar u ehtiyotkorlik qilmasa... unda Yevropa boshqa bo‘lmaydi», — deb ogohlantirdi Amerika prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Dunyo katta urush yoqasida turibdi...

Сербия президенти Европа ва Россия ўртасидаги муносабатларни ҳам тилга олди. Унинг фикрич