Tramp amerikaliklarga 5 ming dollardan berishga va’da qildi. Biroq bir shart bilan...

Tramp amerikaliklarga 5 ming dollardan berishga va’da qildi. Biroq bir shart bilan...

Tramp respublikachilar saylovda g‘alaba qozonsa, amerikaliklarga 5 ming dollardan berishga va’da qildi. Biroq bir shart bilan.

AQSh prezidenti Donald Tramp noyabr oyida Kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar yakunlariga ko‘ra, agar Respublikachilar partiyasi Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan AQSh fuqarosiga 5 ming dollardan to‘lashga va’da berdi.

«Agar respublikachilar AQSh Vakillar palatasi va Senatda nazoratni saqlab qolsa, iqtisodiyotdagi mislsiz muvaffaqiyatlarimiz tufayli... Amerika Qo‘shma Shtatlarining har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollar miqdorida dividend to‘layman», — dedi prezident.

Bloomberg ta’kidlashicha, bunday to‘lovlar AQSh byudjetiga 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ga tushishi mumkin.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘lovlar «muvaffaqiyatli kompaniyalar investorlarga dividend to‘lashi»ga o‘xshaydi.

Shu bilan birga, Tramp ushbu pul AQSh hududida sarflanishi kerakligini ta’kidladi.

«Biz sizlarning Kanadaga borib, pullarni o‘sha yerda sarflashingizni istamaymiz. Xitoyga, Germaniyaga borishingizni ham istamaymiz... Siz bu pulni AQShda sarflashingiz kerak», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!