"Tottenxem" "Bornmut"ga 100 million yevro taklif qilishga tayyor

"Tottenxem" "Bornmut"ga 100 million yevro taklif qilishga tayyor

"Bornmut"ning 20 yoshli hujumchisi Eli Krupi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, "shporlar"ning futbolchini sotib olish imkoniyatlari PSJ bor e’tiborini "Barselona" forvardi Ferran Torresga qaratganidan keyin yanada oshgan. Krupining o‘zi ham yangi klubga o‘tishga tayyor.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida "Tottenxem" fransiyalik futbolchi uchun "Bornmut"ga taxminan 100 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Krupi o‘tgan mavsum oxirida "Tottenxem" boshqaruviga kelgan Roberto De Dzerbi qo‘l ostida o‘ynashni xohlayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek, hujumchiga "Arsenal", "Manchester Siti" va o‘yinchining chiqishlarini faol kuzatib borayotgan "Bavariya" tomonidan ham qiziqishlar borligi ma’lum.

O‘tgan mavsumda Eli Krupi "Bornmut" safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi. Uning bozor qiymati Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra 70 million yevroni tashkil etadi. Futbolchining klub bilan shartnoma muddati 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning birdaniga to‘rtta rekordini rasman ro‘yxatga oldi

«Манчестер Сити»нинг норвегиялик ҳужумчиси Эрлинг Ҳоландга Гиннесснинг рекордлар китобидан тўртта сертификат топширилди.

Men Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi uchun Putinning roziligini olganman – Sadir Japarov

Қирғизистон президенти Садир Жапаров 2020 йилда ҳоки