Toshket shahar IIBB Uzreport operatoriga qilingan hujum bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda

Toshket shahar IIBB Uzreport operatoriga qilingan hujum bo‘yicha tekshiruv o‘tkazmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda "Uzreport" telekanalidagi “No comment” ko‘rsatuvini tasvirga olish jarayonida telekanal operatoriga ikki nafar shaxs hujum qilib, videokameraga shikast yetkazgani haqidagi lavha tarqalib, ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmoqda. 

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz: 2020 yilning 13 sentyabr kuni Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasini “Uzreport” telekanalidagi “No comment” ko‘rsatuvi uchun suratga olish jarayonida ikki nafar fuqarolar, ya’ni 27 yoshli Jaxongir M. va 22 yoshli Ayubxon B. “Uzreport” telekanali operatori Baxtiyorov Fayozbekka qo‘llari bilan videotasvirga olish jarayoniga to‘sqinlik qilgan. Natijada Uzreport telekanali operatorining qo‘lidagi videokamera shikastlangan.

Mazkur voqea yuzasidan hududiy profilaktika inspektori tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rishlik uchun  Toshkent shahar Chilonzor tumani ma’muriy sudiga yuborilgan. To‘plangan hujjatlarga asosan Jaxongir va Ayubxon O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlangan.

Lavhada qayd etilgan holat bo‘yicha profilaktika inspektorining harakatlari qonuniyligini tekshirish maqsadida Toshket shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda, yakuni bo‘yicha qonuniy baho beriladi.

“Uzreport” telekanali mutasaddilariga, sudning qaroridan norozi bo‘lganligi holati bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda yuqori turuvchi sudga murojaat qilishi mumkinligi tushuntirildi.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!