Toshkentning yana bir hududi gazdan uzildi

Toshkentning yana bir hududi gazdan uzildi

"Hududgaz Poytaxt" Matbuot xizmatining xabar berishicha, Toshkent shahar Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasida joylashgan yer osti gaz quvuri kuz-qish mavsumiga shay holga keltirish uchun ta’mirlanmoqda.

Shu munosabat bilan bugun soat 10:00 dan 14:00 gacha ta'mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu vaqt oralig‘ida ushbu kõchadagi ulgurji iste’molchilarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati.

Sal avval, bugun soat 10:00 dan 17:00ga qadar Shayxontohur va Chilonzor tumanlarining ba’zi hududlarida ham gaz o‘chirilishi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!