Toshkentning ayrim joylarida aholi gazdan vaqtincha uzib qo‘yiladi

Toshkentning ayrim  joylarida aholi gazdan vaqtincha uzib qo‘yiladi

2021-2022 yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 2021 yilning 3 avgust kuni “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Sergelitumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani “Oltin vodiy” hamda “Qum ariq” mahallalari iste’molchilari uchun o‘rnatilgan GTPni o‘rnatish va ulash ishlari rejalashtirilgan. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Shu sababli, 2021 yil 03 avgust kuni soat 11:00 dan 18:00ga qadar “Oltin vodiy”, “AYEroport hududi”, “Obi Rahmat” mahallalaridagi aholi va ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Filialning "Chilonzortumangaz" gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan Chilonzor tumani yer osti gaz qudug‘idagi o‘rta bosimli zulfinni ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, 2021 yilning 2 avgust kuni soat 11:00 dan 17:00 ga qadar “Tirsakobod”, “Do‘mbirabod”, ”Katta Do‘mbirabod” hamda “Gavhar” ko‘chalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!