Toshkentga Ronaldu, Farg‘onaga esa Benzema kelishi mumkin
Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederasiyasi qarorgohida Elit Osiyo Chempionlar Ligasi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Paxtakor"ning Toshkentdagi raqiblaridan biri bo‘ldi. Bu Krishtianu Ronalduning poytaxtga kelish imkonini yaratdi.
Farg‘onaning "Neftchi" klubi esa o‘z maydonida "Al-Hilol"ni qabul qiladi. Shu bois Karim Benzema ham Farg‘onada mahalliy muxlislar oldida maydonga tushishi mumkin.
Bu yil musobaqada 24 jamoa emas, 32 ta jamoa qatnashadi. Unda O‘zbekiston sharafini “Neftchi” hamda “Paxtakor” klubi himoya qiladi. Har bir jamoa 8tadan o‘yin o‘tkazadi. 4ta uchrashuv o‘z maydonida, yana 4ta o‘yin esa safarda bo‘ladi.
