Toshkentdagi yana bir ko‘cha uch kunga yopildi

Toshkentdagi yana bir ko‘cha uch kunga yopildi

Bugun, 20 noyabrdan boshlab Toshkentning Kichik halqa yo‘li ko‘chasining bir qismi transportlar harakati uchun yopildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli 20 noyabr kuni soat 9:00 dan 22 noyabr soat 22:00 ga qadar Kichik halqa yo‘li ko‘chasining Qatortol ko‘chasi bilan kesishmasidan Farhod ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i qisman yopildi.

Hokimlik haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan va yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!