Toshkentdagi o‘quv markazida o‘zbek qizlari Janubiy Koreyaga turmushga chiqish uchun tayyorlanmoqdami?

Toshkentdagi o‘quv markazida o‘zbek qizlari Janubiy Koreyaga turmushga chiqish uchun tayyorlanmoqdami?

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbek qizlarini Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga berish uchun tayyorlayotgan markaz faoliyatiga oid video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur video Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “H.Sulaymonov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 2-Mirobod ko‘chasi 35-uyda joylashgan “SEJONG HAKDANG” o‘quv markazida 2020 yil 7 sentyabr kuni navbatdagi o‘quv mavsumining ochilish marosimida tasvirga olingan.

“SEJONG HAKDANG” o‘quv markazi 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, yurtimiz fuqarolariga koreys tili, madaniyati va milliy taomlarini o‘rgatish maqsadida faoliyat yuritib kelmoqda. 

O‘quv markaz rahbari Xo So Xengning ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda tahsil olayotgan 350 o‘quvchining 31 nafari Janubiy Koreya fuqarolariga turmushga chiqqan.

O‘quv markazi o‘z o‘quvchilariga faqat koreys tili va madaniyati, shuningdek, qiziquvchilar uchun koreys milliy taomlarini o‘rgatish bilan shug‘ullanadi. Ularni chet elga yuborish yoki Janubiy Koreya davlati fuqarolariga turmushga chiqishlarini tashkil etish bu o‘quv maskani maqsadlariga kirmaydi. Bu yerda tahsil olayotgan, koreys fuqarolariga turmushga chiqqan o‘zbek qizlarining ular bilan tanishuvi yoki oila qurishiga mazkur o‘quv markazining aloqasi yo‘q. Bu fuqarolar turmushga chiqib, o‘rnatilgan tartibda nikohni qayd etgandan so‘ng bu o‘quv markaziga murojaat qilgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!