Toshkentdagi dorixonalardan birida taqiqlangan dorilar sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi dorixonalardan birida taqiqlangan dorilar sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi S.X. 1 dona “Tropikamid” va 56 dona “Regapen” nomli dori vositalarini xaridor N.ga 1,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo‘lmagan “Selofen” va “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!