Toshkentdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Toshkentdagi bir necha ko‘chalar vaqtincha yopiladi

8 may kuni karting bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkentdagi bir necha ko‘chalar yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Soat 20:00 gacha quyidagi ko‘chalarda harakat cheklanadi:
- Amir Temur shoh ko‘chasi - Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasigacha;
- Yakub Kolas ko‘chasi - Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasidan Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasigacha;
- Taras Shevchenko ko‘chasi - Yakub Kolas ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi - Taras Shevchenko ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!