Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt «uchib», boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

Toshkentda yuz bergan YTHda Cobalt «uchib», boshqa Cobalt’ning ustiga tushdi. Hodisadan so‘ng to‘rt kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi

 

Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasining «To‘qimachi» stadioni oldidan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. «Cobalt katta tezlikda qarama-qarshi yo‘lga chiqib, boshqaruvni yo‘qotib, ‘stolba’ga urilgan va yuqoriga ko‘tarilib, boshqa bir Cobalt’ning ustiga tushgan», — deyiladi ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan xabarlarda. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborotiga ko‘ra, hodisa 7 mart kuni soat taxminan 23:55 da yuz bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, Rustaveli ko‘chasida 1993 yilda tug‘ilgan haydovchi O.B. Cobalt avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib, simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan, 1955 yilda tug‘ilgan haydovchi A.SH. boshqaruvidagi boshqa bir Cobalt bilan to‘qnashgan.

«Natijada O.B. boshqaruvidagi Cobalt yo‘lovchilari — 29 yoshli SH.E., 30 yoshli S.YU. hamda haydovchi A.SH. va uning boshqaruvida bo‘lgan Cobalt yo‘lovchisi 27 yoshli V.SH.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan», — deyiladi IIV YHXBB axborotida. Qayd etishlaricha, YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!