Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 60 yoshli ayol vafot etdi

Toshkentda yuk mashinasi urib yuborgan 60 yoshli ayol vafot etdi

Toshkent shahar Yashnobod tumanida 24 mart kuni sodir bo‘lgan YTHda ayol-piyoda vafot etdi, deya xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.

Soat 17:55 da  Toshkent viloyatilik 24 yoshli R.A. DAF rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 60 yoshli O.L.ni urib yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, piyoda transport vositasining «ko‘r» hududida bo‘lgan. Ayol olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ayni vaqtda bir qator ekspertizalar tayinlanib, tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!