Toshkentda yigit yosh qizning behayo suratlarini tarqatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda yigit yosh qizning behayo suratlarini tarqatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi va ular aholining barcha qatlamlariga keng kirib borishi bilan bir qatorda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyat turlari ham ko‘payib bormoqda.

Xususan, IIV Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘tkazilgan internet monitoringi davomida, 2021 yilning 1 noyabr kuni noma’lum shaxs «Telegram» messenjerida yaratilgan, qizlarning behayo tasvirlari tarqatiladigan kanalga Toshkent shahar, Yakkasaroy tumanida vaqtincha istiqomat qiluvchi X.I.ning fotosuratlarini intim shaklga keltirgan holda o‘zgartirib joylaganligi kuzatildi.

O‘tkazilgan tadbirlar jarayonida ushbu jinoyatni vaqtincha Toshkent shahar Mirobod tumani hududida yashab kelayotgan 2000 y.t., G‘.A. sodir etganligi, X.I. bilan «Telegram» orqali tanishib, uning fotosuratlarini o‘zgartirib, behayo shaklga keltirganligi, X.I.ning iltimosiga qaramasdan uning suratlarini g‘arazli maqsadlarini amalga oshirish uchun ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelayotganligi aniqlanib, uning foydalanuvida bo‘lgan mobil qurilma ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi.

Mazkur holat yuzasidan G‘.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!