Toshkentda “YANGIAMARKET” II hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “YANGIAMARKET” II hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 6 va 7 avgust kunlari Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida “YANGIAMARKET” hunarmandlar, rassomlar, gastro-havaskorlar va musiqachilarning ikkinchi festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ko‘magida hamda EXPRESS 24 xizmati hamkorligida tashkillashtirilmoqda.

“YANGIAMARKET” – yangi formatdagi tadbir bo‘lib, biznes, madaniyat va san’atning ko‘plab sohalari vakillarini o‘zida jamlaydi. Tadbir doirasida eng yaxshi yosh va istiqbolli dizaynerlar, hunarmandlar, bastakorlar va rassomlar, gastro-havaskorlar va o‘z sohasining boshqa mutaxassislari o‘z ishlarini taqdim etadilar.

Ikki kunlik festival dasturida Samocean (Samara dueti), DIOR (Moskva), Valeri (Toshkent), COC (Toshkent) kabi mahalliy va xorijiy yosh ijodiy guruhlar o‘z musiqiy chiqishlarini namoyish qiladilar.

Festivalga tashrif buyurgan mehmonlar “Varim Kofe” qahvalari, “LILICHA” choylari va "Testo by Zamira" mazali taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, festivalga kirish bepul.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!