Toshkentda yana 40 dan ortiq odam koronavirusdan tuzaldi

Toshkentda yana 40 dan ortiq odam koronavirusdan tuzaldi

Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor  sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.

❗️Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozog‘iston Respublikasidan 1 nafardan.

❗️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Toshkent va Farg‘ona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.

❗️Toshkent shahrida shu paytga qadar 1063 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 1110  nafarga yetdi.

‼️Shunday qilib, bugun yurtimizda hozirga qadar 54 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 2837 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!