Toshkentda Wi-Fi o‘rnatayotgan montajchi tok urib, halok bo‘ldi

Toshkentda Wi-Fi o‘rnatayotgan montajchi tok urib, halok bo‘ldi

Bugun, 11 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida erkak bino tomida tok urishi oqibatida vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

Xabarlarda hodisa kamera tasmasiga muhrlanib qolgani aytiladi.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, marhum (provayder montajchisi) buyurtma asosida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasiga kelgan. U bino tomiga chiqib, Wi-Fi tarmog‘ini o‘rnatmoqchi bo‘lgan vaqtida, tok urishi oqibatida vafot etgan

"Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda",-deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!