Toshkentda voyaga yetmagan qiz tilanchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda voyaga yetmagan qiz tilanchilik qilayotgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahar IIBB xodimlari Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sharhlardan birida foydalanuvchi Yunusobod tumani Ahmad Donish va Yangi Yunusobod ko‘chalari kesishmasida tilanchilik qilayotgan voyaga yetmagan qiz haqida qoldirgan xabariga e’tibor qaratishdi. Foydalanuvchi ushbu qizning yo‘l qismida yurib, o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishidan xavotirda edi.

Shu kunning o‘zida Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari xabar berilgan joyga yetib kelib, holatni o‘rganishdi. Ammo o‘sha vaqtda tilanchilik qilgan qiz u yerda yo‘q edi. Ma’lumotga aniqlik kiritish maqsadida muammo haqida xabar bergan foydalanuvchining shaxsi va aloqa ma’lumotlari aniqlanib, xodimlar 40 yoshli Murot T. bilan uchrashib suhbatlashishdi. Fuqaro xodimlarga tezkorlik va muammoga bo‘lgan e’tibor uchun minnatdorchilik bildirib, yuqoridagi xabari bo‘yicha ba’zi tafsilotlarni qo‘shimcha qildi.

Hozirgi vaqtda Ahmad Donish va Yangi Yunusobod ko‘chalarida ijtimoiy xizmat ishchilari tunu-kun navbatchik qilishmoqda va Yunusobod tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari hududda xizmat olib bormoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!