Toshkentda uskuna 24 yoshli ishchining o‘ng oyog‘ini tortib ketdi. Uning ahvoli og‘ir

Toshkentda uskuna 24 yoshli ishchining o‘ng oyog‘ini tortib ketdi. Uning ahvoli og‘ir

Toshkent viloyati. 2021 yilning 16 aprel kuni soat 15:30 larda Yangiyo‘l tumani Qirsadoq mahallasi hududida joylashgan qog‘oz ishlab chiqarish sehida ishlovchi 24 yoshli T.Ulug‘bek  paxta titish uchun mo‘ljallangan “Shneg” rusumli uskunasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ishlayotgan vaqtida, uskuna uning o‘ng oyog‘ini tortib ketgan.

Sud tibbiy ekspertizasida fuqaro T.Ulug‘bek “og‘ir” tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida mazkur sex rahbarlari va mas’ul smena boshliqlari tomonidan texnik qoidalar buzilganligi, ushbu uskunada ishlash uchun yetarli xavfsizlik choralari ko‘rilmaganligi, xavfsizlik talablari buzilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!