Toshkentda o‘rnatiladigan tibbiy konteynerlar aholiga stasionar emas, balki tezkor birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan

Toshkentda o‘rnatiladigan tibbiy konteynerlar aholiga stasionar emas, balki tezkor birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida o‘rnatiladigan tibbiy konteynerlar xususida tanqidiy fikrlar e’lon qilindi.

Unda aytilganidek, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Rahmonovning qaroriga ko‘ra, poytaxtdagi 40 ta mahallaga o‘rnatilgan konteynerlarda tibbiyot punktlari tashkil etilishi belgilangan. Buning uchun 900 million so‘m mablag‘ ajratiladi. Yil davomida shahar bo‘ylab jami 170 ta konteyner o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Bu muassasalar barcha zarur dori-darmonlar, kerakli tibbiy buyumlar, jumladan, EKG va 18 turdagi tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlar bilan ta’minlanadi. Ertalab soat 8:00 dan kechki 20:00 gacha ishlovchi ikki koykali “kichik shifoxona”da umumiy amaliyot shifokori va 2 nafar hamshira aholiga mobil tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Bunday mahalla tibbiyot punktlari dispanser nazoratida turgan keksalar, homilador ayollar va bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda oilaviy shifokorga katta yengillik beradi.

Fuqarolarning esa oddiy ko‘riklar uchun o‘z hududidagi poliklinikaga qatnashiga zarurat qoldirmaydi. Chunki ular poytaxtning aholi gavjum bo‘lgan ko‘p qavatli uylari yoniga o‘rnatiladi.

Ushbu punktlarni jihozlash, ularning uzluksiz faoliyatini ta’minlash Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu kichik muassasalarga elektr energiya va suv tarmoqlari tortilib, issiq hamda sovuq kunlarda havo mo‘’tadilligini ta’minlovchi moslamalar o‘rnatiladi.

Bu tibbiy punktlar bemorlarning stasionar davolanishiga emas, balki ularga birlamchi tezkor xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ajratilayotgan mablag‘lar esa kichik “poliklinika”da ham xuddi oilaviy poliklinikalardagi sharoitlarni hozirlash uchun sarflanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!