Toshkentda o‘quvchi akasining mashinasida YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

A A A
Toshkentda o‘quvchi akasining mashinasida YTH sodir etib, sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Toshkent shahrida 17 yoshli maktab o‘quvchisi akasining avtomobilini ruxsatsiz olib chiqib, yo‘l-transport hodisasi sodir etdi.

Avariya oqibatida mashina salonida bo‘lgan sinfdoshi halok bo‘ldi. Bu haqda «Milliy» telekanali ma’lum qildi.

Hodisa 2025 yil 25 mart kuni, Ramazon hayiti paytida ertalabga yaqin sodir bo‘lgan. O‘quvchi akasining Tracker avtomobilini olib, soatiga 137 km tezlikda haydagan. Yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgan u ikkita mashina va ustunga borib urilgan. Urilish oqibatida sinfdoshi salondan uchib ketib, voqea joyida vafot etgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi quyidagicha ko‘rsatma berdi:

«Do‘stlarim chaqirganidan keyin akamning mashinasi kalitini oldim. Avtomobillarga qiziqardim. Bunday holat boshqa takrorlanmaydi. Qilgan ishimdan qattiq afsusdaman.»

Sud 17 yoshli yigitni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida inson o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Keyinchalik sud jazoni qayta ko‘rib chiqib, 3 yillik shartli ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, бироқ жуда ёвуз” деб атади.

Shomurodov to‘purarlar bahsida yuqori ko‘tarildi

Туркия чемпионатининг учинчи турида “Башакшеҳир” ўз майдонида “Касимпаша” клубини қабул қилиб, 1:1 ҳисобида дуранг ўйнади.

Urush oqibatlari: Rossiya g‘allasi Qozog‘istonnikini siqib chiqarmoqda

Қозоғистон фер