Toshkentda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq yana bir firibgarlik holati aniqlandi

Toshkentda o‘qishga kiritish bilan bog‘liq yana bir firibgarlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro SH.A. boshqa bir fuqaro bilan oldindan til biriktirib, fuqaro X.ga Qozog‘iston Respublikasi universiteti iqtisodiyot fakultetining 1-bosqichini tugatganligi to‘g‘risida qalbaki hujjat tayyorlab berib, tanishlari orqali o‘qishini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga ko‘chirib berishni va’da qilib, evaziga 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!