Toshkentda “Tracker” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi (VIDEO)

Toshkentda “Tracker” haydovchisi YPX xodimini urib yubordi (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar IIBB xodimiga nisbatan sodir bo‘lgan YTH haqidagi videolavhalar tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB bu borada ma’lumot berdi.

Ushbu hodisa 2021 yilning 23 sentyabr kuni soat 07:30 larda Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB inspektori kichik serjant Anvar Otaboyev xizmat vazifasini o‘tash jarayonida, 1973 yilda tug‘ilgan SH.U. boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinani xushtak va jezl orqali to‘xtatgan vaqtida, uning orqasidan harakatlanib kelayotgan, 1989 yilda tug‘ilgan K.U. “Tracker” rusumli avtomashinani boshqaruvini yo‘qotib, “Cobalt” bilan to‘qnashgan va xizmat olib borayotgan YHXB inspektorini urib yuborib, ag‘darilib daraxtga urilgan.

YTH natijasida YHXB inspektori hamda “Tracker” avtomashinasining yo‘lovchisi D.U. tan jarohatlari olib kasalxonaga yotqizilganlar.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov yakuni bo‘yicha to‘plangan xujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudga yuborilgan. Hozirda YHXB xodimining ahqoli yaxshi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!