Toshkentda “Tracker” 56 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi

Toshkentda “Tracker” 56 yoshli erkakning umriga zomin bo‘ldi

2021 yil 13 iyul kuni taxminan soat 06:40 da Mirobod tumanidagi Nukus va Mirobod ko‘chalari kesishmasida “Tracker” avtomobilini (davlat raqami 01 X 814 AB) boshqarib borgan 20 yoshli Laurita Z. boshqaruvni bajara olmasdan 56 yoshli piyoda - Mirkomil YA.ni urib yuborgan.

Piyoda badan shikastlari oqibatida voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!