Toshkentda talabalar o‘rtasidagi janjal oqibatida talaba vafot etdi

Toshkentda  talabalar o‘rtasidagi janjal oqibatida talaba vafot etdi

Ma’lum qilinishicha, shu kuni universitet yaqinida talabalar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ikki talaba o‘zaro janjallashib qolgan, shundan so‘ng ular universitet darvozasi yonida urishgan. Shu paytda ulardan biri ikkinchisining orqa qismiga pichoq urgan, oqibatda 18 yoshli yigit jarohat olib, vafot etgan.

«Nova.24» vaziyatga oydinlik kiritish uchun Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Unga ko‘ra, talabalar o‘rtasidagi janjal sabab rostdan ham universitetning 18 yoshli talabasi vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) «d» bandi ( jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!