Toshkentda tadbirkorlarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlandi

Toshkentda tadbirkorlarning mablag‘larini qo‘lga kiritgan firibgarlar  aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqarolar T.M., D.A. va M.I. “E.E.” MCHJni tashkil qilib, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarida mavjud bo‘lmagan qurilish materiallarini yetkazib berish haqida e’lonlarni tarqatishib, 3 ta tadbirkorga qurilishda ishlatiladigan yirik arqonlarni yetkazib berish uchun jami 526,8 mln so‘mini MCHJ hisob raqamiga o‘tkazish orqali o‘zlashtirganliklari hamda ushbu mablag‘lar hisobidan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini xarid qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “A.” MCHJning sobiq rahbari L.X. joriy yilning fevral-oktyabr oylarida moliyaviy-xo‘jalik bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan davrida MCHJning 290,9 mln so‘mini yaqin qarindoshlari va tanishlarining to‘lov kartalariga o‘tkazish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 168-moddasi (firibgarlik), 179-moddasi (soxta tadbirkorlik) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!