Toshkentda sportchi qashqadaryolik sportchini xotinining ko‘z o‘ngida pichoqlab, qotilga aylandi (VIDEO)

Toshkentda sportchi qashqadaryolik sportchini xotinining ko‘z o‘ngida pichoqlab, qotilga aylandi (VIDEO)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida sudya Xusan Hamidov raisligida shaxsga qarshi jinoyatlar turkimiga kiruvchi, javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirishda ifodalangan, tasniflanishi jihatidan o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Xususan, sudlanuvchi yoshligidan dzyudo sport turi bilan shug‘ullanib kelib, o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotlarida ishtirok etib kelgan tanishi – Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan sportchining tavsiyasiga ko‘ra, sportda yuqori natijalariga erishish uchun undan dori vositasini sotib oladi. Uni iste’mol qilishni boshlaganidan keyin sog‘lig‘ida o‘zgarishlar bo‘lib, turli ichki a’zolarida paydo bo‘lgan og‘riqlar va sog‘lig‘ining yomonlashuvini unga ushbu dori vositasini sotgan va ko‘proq miqdor (doza)da iste’mol qilishini tavsiya qilgan qashqadaryolik sportchidan ko‘rib, unga nisbatan nafrati uyg‘ongan.

So‘ng sudlanuvchi sog‘lig‘ini tiklash uchun turli shifokorlarga murojaat etib, ijobiy natijaga erisha olmaganligi va sport bilan shug‘ullana olmasdan, ushbu dard uni o‘limi bilan yakunlanishini o‘ylab tushkunlikka tushib qolgan. O‘zini shu ahvolga tushishiga sababchi deb bilgan qashqadaryolik sportchini ham yashashga haqqi yo‘qligi to‘g‘risida fikr yuritib, uni qasddan o‘ldirishni va shu yo‘l orqali undan qasos olishni maqsad qiladi. Natijada sportchiga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashib gaplashib olishi zarurligini bildiradi. Uni o‘zi yashab kelayotgan Uchtepa tumaniga taklif qiladi. Uyidan o‘zi bilan oshxona pichog‘ini olib, ushbu pichoq bilan qurollangan holda uyidan chiqadi. Turmush o‘rtog‘i bilan avtomashinada avtobuslar to‘xtash joyi manziliga yetib kelgan qashqadaryolik sportchini kutib olib, tibbiy asoslanmagan holda uni sog‘lig‘ini buzilishida sababchi ekanlikda ayblab, jamiyatga va umum e’tirof etilgan axloq qoidalariga ro‘y-rost hurmatsizlik qiladi. Arzimagan sabab tufayli jamoat joyida uni qasddan o‘ldirish maqsadida, ularga qarab turgan qashqadaryolik sportchining turmush o‘rtog‘ining ko‘z o‘ngida o‘ta shavqatsizlik bilan o‘zining yonida bo‘lgan oshxona pichog‘idan jinoyat quroli sifatida foydalanadi. Ushbu pichoq bilan sportchining hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Olgan tan-jarohati natijasida, sportchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jarroxlik bo‘limida tez-tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

Sud hukmi bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “j” bandi (o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan shaxs 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!