Toshkentda sochi va soqoli o‘sgan o‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortilayotgani aytilmoqda. Poytaxt IIBB munosabat bildirdi

Toshkentda sochi va soqoli o‘sgan o‘quvchilarning ota-onalari jarimaga tortilayotgani aytilmoqda. Poytaxt IIBB munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sochi o‘stirilganligi, soqoli olinmaganligi uchun o‘quvchilarning ota-onasi go‘yoki jarimaga tortilgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Holatga Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat haqiqatdan yiroq bo‘lib, o‘quvchining tashqi qiyofasi uchun ota-onalar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.

"O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin", - deyiladi Bosh boshqarma matbuot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!