Toshkentda rossiyalik mashhur artistlar konserti bo‘ladi

Toshkentda rossiyalik mashhur artistlar konserti bo‘ladi

Rossiyalik taniqli qo‘shiqchilar - Timati, Mot, Djigan va boshqa rus yulduzlari Toshkentda konsert beradi.

Iyul oyida poytaxtda rossiyalik taniqli yulduzlar ishtirokida konsert bo‘lib o‘tadi. Ushbu tadbir "Multi Fest" deb nomlandi.

Tadbir bo‘lib o‘tadigan joy va uning vaqti allaqachon ma’lum. Festival 22 iyul kuni soat 19.00 da “Humo Arena”da o‘tkaziladi. Konsertda Timati, Djigan, Mot va Nazima kabi rossiyalik ijrochilar ishtirok etishadi. Shuningdek, tadbirda asli toshkentlik bo‘lgan Ternovoy ham qatnashadi.

U "Pesni na TNT" rus shousida Terry taxallusi ostida shuxrat qozondi va shundan so‘ng Black Star musiqiy yorlig‘iga qo‘shildi. O‘tgan yili mart oyida musiqachi kompaniyani tark etgan.

Chiptalar narxi 150 000 mingdan 1,3 million so‘mgachani tashkil qilmoqda.

Ularni onlayn va kassa orqali sotib olish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!