Toshkentda pianinochi Lola Astanova konsert beradi

Toshkentda pianinochi Lola Astanova konsert beradi

Toshkentda Forumlar saroyida 30 dekabr kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan Lola Astanova konsert beradi, deb xabar qildi Nuz.uz nashri.

Lola Astanova royalda turli musiqalarni yuqori mahorat bilan ijro etishi bilan butun dunyoda mashhur. Toshkentda tug‘ilib o‘sgan Lola Astanova turli xorijiy mamlakatlarda katta konsertlar beradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda minglab kuzatuvchilarga ega, uning videolarini millionlab odamlar tomosha qiladi.

Bundan tashqari, Toshkentda R&B qo‘shiqchisi Djeyson Derulo ham konsert berishi kutilmoqda. U Xalqlar do‘stligi saroyida 17 dekabr kuni konsert beradi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!