Toshkentda nogironlarning “Saxovat” uyidan qochib, bozorda tilanchilik qilgani rostmi?

Toshkentda nogironlarning “Saxovat” uyidan qochib, bozorda tilanchilik qilgani rostmi?

Ohangaron shahar hokimligi Axborot xizmati “Jamiyat” gazetasida chop etilgan “Saxovat” uyidan qochsa bo‘ladimi?” sarlavhali maqola yuzasidan munosabat bildirdi.

Ohangaron “Saxovat” keksalar va  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida  98 nafar qariyalar va   72 nafar  1,2-guruh  nogironlari, jami 170 nafar keksa va nogironlar istiqomat qiladi. Muassasada istiqomatchilar uchun besh mahal issiq ovqatlar, kiyim-kechaklar, issiq xonalar hamda ularning yaxshi yashashlari uchun boshqa barcha  sharoitlar yaratilgan.  

Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 23 avgustdagi 240-sonli qarori talablaridan  kelib chiqib, Ohangaron “Saxovat” keksalar va  nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi ustavi tasdiqlangan. Ustavda  internat uyiga vasiylikka olingan qariya va nogironlarning  huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Ya’ni ustavning 32-bandiga ko‘ra, vasiylikka olinganlar ”Saxovat” internat  uyi hududidan tashqariga chiqishi faqat internat uyi rahbariyatining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Vasiylikka olingan fuqaro o‘zboshimchalik bilan “Saxovat” internat uyi tashqarisiga chiqqan taqdirda ma’muriyat ushbu holat qayd etilgan vaqtdan boshlab zudlik bilan bu haqda ichki ishlar hamda sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilinishi belgilab qo‘yilgan. 
 Muassasada yashovchi nogironlar G‘. Marupov hamda V.Konovalov  doimiy ruxsatnoma bilan bozor hududiga chiqishgan va tilanchilik bilan shug‘ullanishgan. Maqolada aytilganidek, bozor ma’muriyati internat uyiga bir necha marta emas, balki shu holat yuz bergan sanada birinchi marta yozma murojaat qilgan.

Internat uyida  gazetada chop etilgan maqola yuzasidan 2019 yil 16 noyabr kuni muassasa xodimlari hamda vasiylikka olinganlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda internat uyida istiqomat qiluvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, noxush vaziyatlarning oldini olish chora-tadbirlari belgilab olindi. Ya’ni endilikda vasiylikka olingan fuqarolarga beriladigan doimiy ruxsatnomalar bekor qilinib, kunlik ruxsatnomalar berish tartibi yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Shuningdek, vasiylikka olinganlardan kafolat xati olinib, alohida nazoratchi biriktirilgan holda tashqariga chiqishlariga ruxsat berilishi amalga oshiriladi. Ushbu holat takrorlanmasligi uchun muassasa ma’muriyati vaziyatni to‘liq o‘z nazoratiga oladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!