Toshkentda mustaqillik bayrami munosabati bilan muzeylar haftaligi o‘tkaziladi

Toshkentda mustaqillik bayrami munosabati bilan muzeylar haftaligi o‘tkaziladi

O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan poytaxtda farg‘onalik hunarmandlar jam bo‘ladi.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik davrida qayta tiklangan hunarmandchilik” nomli an’anaviy muzeylar haftaligi o‘tkaziladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga muzey matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir 2 sentyabrdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Uning doirasida farg‘onalik hunarmandlar poytaxtga maxsus tashrif buyurib, quyidagi mahorat darslarini o‘tkazishadi:

2 sentyabr - milliy matolar yaratish;

4 sentyabr - keramika;

6 sentyabr - yog‘och o‘ymakorligi.

Mahorat darslarini olib borish soat 17.00 dan 21.00 gacha rejalashtirilgan.

Ishtirok etuvchilar 27 avgustga qadar quyidagi raqamlarga murojaat etib ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin : + 998 71 256 40 42 va +998 71 256 28 58.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!