Toshkentda "Matiz" haydovchisi piyodalarni urib yubordi

Toshkentda "Matiz" haydovchisi piyodalarni urib yubordi

⚡️Joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 21:23 larda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo‘yliq ko‘chasi "Afsona" binosi qarshisida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan J.M. "Matiz" rusumli avtomobilni boshqarayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida yo‘l chetida turgan piyodalarni urib yuborib, ag‘darilib ketgan.

🔹Hodisa natijasida uch nafar piyoda tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Yo‘l chetida turgan avtomobillarga ham zarar yetgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!