Toshkentda mashinasini qaytib olish evaziga 6.500 AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda mashinasini qaytib olish evaziga 6.500 AQSh dollari talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 8 sentyabr kuni vazirlik JQBB Uyushgan jinoyatchilik va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi, O‘zbekiston Respublikasi DXX, Toshkent shahar IIBB JQB xodimlari hamkorligida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan R.J.ning arizasiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi uch nafar shaxslar – Z.M. (1974 yilda tug‘ilgan), Z.U. (1981 yilda tug‘ilgan) va A.K. (1984 yilda tug‘ilgan) R.J. boshqaruvidagi «Neksiya-3» rusumli avtomashinasini tortib olib, mazkur avtomashinani qaytarib berish evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 6.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni talab qilgan.

Tezkor tadbir o‘tkazish paytida Z.M., Z.U. va A.K.lar 5.000 AQSh dollarini Yunusobod tumani 10-mavzesida olgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!