Toshkentda magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

Toshkentda magnit bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda

15-16 iyun kunlari Toshkentda G3 toifali va 4 ball quvvatga ega magnit bo‘ronlari kutilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, G3 darajasi ko‘pchilik uchun xavfli emas. Magnit bo‘ronlari xavfining yuqori darajasi nafaqat inson salomatligi va kundalik faoliyatiga, balki aloqa va energiya tizimlariga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

G3 toifali magnit bo‘ronlari paytida ba’zilar boshning orqa qismida engil og‘riqni boshdan kechirishadi. Bu vaqtda bunday odamlarga kamroq sport bilan shug‘ullanish va uyda ko‘proq qolish tavsiya etiladi.

Diyetaga qat’iy rioya qilish kerak. Rasiondan achchiq, sho‘r va yog‘li ovqatlarni chiqarib tashlash lozim. Qora va qahva o‘rniga yashil choy tavsiya etiladi. Meva va sabzavotlarni iste’mol qilish mumkin, bananlarni esa tez-tez iste’mol qilish tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!