Toshkentda "Lasetti" YTHga uchradi, haydovchi halok bo‘ldi

Toshkentda "Lasetti" YTHga uchradi, haydovchi halok bo‘ldi

Joriy yilning 29 aprel kuni soat 00:10larda , Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida haydovchi, 1996 yilda tug‘ilgan J.R. "Lasetti" rusumli avtomobilda harakatlanayotib ushbu ko‘chada joylashgan 107-uy ro‘parasiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib ketib daraxtga urilgan.

Natijada, haydovchi 25 yoshli J.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergovga qadar dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!