Toshkentda kollej talabasi kursdoshini pichoqladi

Toshkentda kollej talabasi kursdoshini pichoqladi

19 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi Qurilish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l qishlog‘ida yashovchi D.M.ni pichoq bilan jarohatlagan, deb xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Natijada D.M. kasalxonaga yotqizilib, M.R. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!