Toshkentda issiq suv ta’minotida besh kunlik uzilishlar bo‘ladi
Veolia Energy Tashkent kompaniyasi sentyabr-oktyabr oylarida issiqlik tarmoqlarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari amalga oshirilishi haqida xabar bergan edi. Shu sababli markaziy isitish tizimiga ega uylarning aholisi besh kunlik issiq suv ta’minotida uzilishlarga duch keladi.
Xabarda aytilishicha, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur. "Vaziyatni tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz", — deya qayd etdi kompaniya.
6−10 oktyabr kunlari uzilishlar kuzatiladigan hududlar:
Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod va boshqa ko‘chalar;
Qo‘yliq-1÷7 massivlari, Qo‘yliq-Aylanma;
Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinar, Davlatobod, Do‘stlik, Sergeli 1−8A, Yulduz 1−18;
"Vodnik" massivi (Husayn Boyqaro ko‘chasi, Bektemir);
"Quruvchi" massivi (Sergeli).
