Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Bugun, 21 noyabr soat 8:00 lardan boshlab Toshkentda G3 darajali 5 balli magnit bo‘roni kuzatilmoqda. Mutaxassislarning ma’lumotiga ko‘ra, magnit bo‘ronining G3 darajasi tush paytiga qadar davomli kuzatilib, keyin "passivroq" holatga qaytadi.

Shifokorlar magnit bo‘ronlari paytida ayrim qoidalarga rioya qilishni maslahat berishmoqda:

Gipertonik bemorlar ko‘proq suv ichishi va tuz iste’molini kamaytirishi kerak, chunki tuz tanadagi suyuqlikni ushlab turadi va bosimning oshishiga olib keladi.

Shuningdek, magnit bo‘ronlari paytida tinchlantiruvchi damlama qabul qilish, jismoniy faoliyatni cheklash, yetarlicha uxlash, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanmaslik tavsiya etiladi.
Qonning ivishi va trombositlar faoliyatining kuchayishi qonni suyultiradigan vositalarni qabul qilishni taqozo etadi. Lekin har qanday holatda ham shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Ob-havo sharoitlari ta’sirini minimallashtirish uchun doimo salomatlikni yaxshilash muhimdir. Buning uchun esa: "Nafaqat dori-darmonlardan foydalaning, balki jismoniy tarbiya bilan shug‘ullaning, ish va dam olish tartibini to‘g‘ri tashkil qiling, muvozanatli ovqatlaning", — deya xulosa qildi shifokor.

Xususan, bunday paytda ovqatlanish rasioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim. Ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qilish zarur.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insult, yurak xuruji va gipertonik kasalliklarning 70 foizi magnit bo‘ronlari paytida sodir bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!