Toshkentda fuqaro o‘zi ijarada turadigan uyni fohishaxonaga aylantirdi

Toshkentda fuqaro o‘zi ijarada turadigan uyni fohishaxonaga aylantirdi

Uchtepa tuman ichki ishlar bo‘limi va prokuraturasi mas’ullari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda  tumandagi Chilonzor 11-mavzesida sodir etilgan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokama qilindi.

Aniqlanishicha, 2021 yil 13 yanvar kuni fuqaro M.S. fohishaxona tashkil etish yo‘li bilan moddiy daromad orttirish maqsadida o‘zi vaqtincha ijarada turib yashab kelgan uyida nomaqbul ishlar bilan shug‘ullangan.

Yig‘ilishda so‘z olganlar, haqiqatdan mazkur jinoyatni oldini olish imkoniyati bo‘lganligi, bu masala to‘g‘risida mahallada yashovchi fuqarolar orasida tushuntirish va tashviqot ishlari keng yo‘lga qo‘yilishi va bundan keyin bu kabi jinoyatlarni oldini olish choralari jadallashtirilish lozimligini ta’kidlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!