Toshkentda fuqaro tadbirkorning 33000 AQSh dollarini “1XBET”da yutqazib qo‘ydi

Toshkentda fuqaro tadbirkorning 33000 AQSh dollarini “1XBET”da yutqazib qo‘ydi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro X.S. “X.B.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga sherikchilik asosida chet-eldan qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar olib-kelib sotishni va shu orqali ko‘rilgan foydadan ma’lum qismini berib turishni va’da qilib, aldov yo‘li bilan uning 33 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, olgan barcha pullarini “1XBET” internet o‘yinlarida yutqazib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!