Toshkentda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

Toshkentda fuqaro kredit qarzi sabab mashinasidan ayrildi

U shartnoma bo‘yicha majburiyatini bajarmagan va ZEEKR rusumli avtotransport vositasi auksionga chiqarilgan.

MIBning Toshkent shahar boshqarmasi ish yurituvida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2026 yil 23 yanvardagi ijro varaqasiga asosan qarzdor A.X.dan undiruvchi bank foydasiga 103 505 932 so‘m kredit qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Sud qarori qonuniy kuchga kirgach, qarzdorga qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lash uchun qonunchilikda belgilangan muddat berildi. Biroq u o‘z zimmasiga olgan moliyaviy majburiyatni bajarmagan.

Shundan so‘ng davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yilgan qarzdorga tegishli ZEEKR rusumli avtotransport vositasi xatlandi, unga nisbatan taqiq qo‘yildi hamda vaqtincha saqlash uchun bank hududiga joylashtirildi.

Ayni paytda mazkur avtomashinani elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Yaponiya aholisini jadal sur’atda yo‘qotmoqda

Мамлакат фуқаролари сони 42 йил ичида биринчи марта 120 миллиондан камайди, туғилиш кўрсаткичи эса тарихий минимумни янгилади

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi