Toshkentda "Food and Muzzday fest-2022" bo‘lib o‘tadi

Toshkentda "Food and Muzzday fest-2022" bo‘lib o‘tadi

15-17 iyul kunlari Tashkent city hamda poytaxtning bir qancha istirohat bog‘larida "Food and Muzzday fest-2022" bo‘lib o‘tadi. Unda taniqli restoranlar va oshxonalar ishtirok etadi. Dasturda professional oshpazlar bellashuvi, ofisiantlar va restoran xizmatchilari namoyishlari, milliy va xorij taomlarini tayyorlash jarayonlarini ko‘rsatish, shou-konsertlar, karnaval va fleshmoblar o‘rin olgan.

Undan tashqari, hokimlik xabariga ko‘ra, iyul oyida poytaxtda "Dance fest", "Car fest" kabi ko‘ngilochar festivallar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!