Toshkentda firibgarlar xorijiy kompaniya rahbarini chuv tushirdi

Toshkentda firibgarlar xorijiy kompaniya rahbarini chuv tushirdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.M. va boshqalar xorijiy kompaniya rahbari D.ning ishonchiga kirib, uning kompaniyasi bilan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi uskunalarini tashib berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomaga asosan, 2020 yilda uskunalarni O‘zbekistonga yetkazib berish xizmati uchun to‘lovlarning bir qismini to‘lab, qolgan 389 500 AQSh dollarini go‘yoki pandemiya sababli uskunalar sotilmaganligi bahonasi bilan to‘lamasdan, aslida uskunalarni boshqa korxonalarga sotib yuborib, xorijiy kompaniyaning manfaatlariga zarar yetkazganligi aniqlangan.

Departament matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!