Toshkentda farg‘onalik ustalar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. 47 yoshli ustaning ahvoli og‘ir

Toshkentda farg‘onalik ustalar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. 47 yoshli ustaning ahvoli og‘ir

Toshkent viloyati. Joriy yilning 28 mart kuni soat 00:30 larda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida yashovchi 50 yoshli D.A. vaqtincha ustachilik qilib yashab kelayotgan Angren shahar G‘afur G‘ulom ko‘chasida joylashgan xonadonda sherigi Dang‘ara tumanida yashovchi 47 yoshli A.U. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib, juda mast ahvolda o‘rtalarida kelib chiqqan janjal natijasida, A.D. shu yerda bo‘lgan shisha sinig‘i bilan A.U.ni bo‘yin, bel va qo‘l sohalarini kesib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Natijada A.U. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar Tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Shahar Tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy ma’lumotnomasiga ko‘ra, A.U.da “boshining sochli sohasini ko‘plab kesilgan jarohati, chap taraflama bo‘yin sohasi paylarining va qon tomirlari kesilgan jarohati, chap kaft va qo‘l sohasini kesilgan jarohati, chap qo‘li birinchi barmog‘i hamda bel sohasini chuqur kesilgan jarohati” borligi, ushbu aniqlangan jarohatlar hayot uchun xavfli bo‘lgan “og‘ir” turdagi jarohatlar ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan D.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!