Toshkentda erkak do‘kon va go‘zallik salonini yoqib yubordi

Toshkentda erkak do‘kon va go‘zallik salonini yoqib yubordi

Joriy yilning 18 avgustga o‘tar kechasi taxminan soat 02.00 larda Yashnobod tumani Tuzel-2 dahasida joylashgan do‘kon va go‘zallik salonida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida yong‘in 1981 yilda tug‘ilgan N.J. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!