Toshkentda ekopolisiya xizmati avtomobillari namoyish qilindi

Toshkentda ekopolisiya xizmati avtomobillari namoyish qilindi

Mahallalarda, bozorlarda faoliyat olib boruvchi ekologiya polisiyasi xodimlariga xizmat avtomobillari kaliti topshirildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
18 sentyabr kuni Butunjahon tozalik kuni doirasida Zahiriddin Bobur nomidagi ekobog‘da ekologik nazorat guruhi uchun avtomobillar taqdimoti o‘tkazildi. Ekologik nazorat guruhlari tarkibiga shahar yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, post-patrul xizmati va Davlat ekologiya qo‘mitasi xodimlari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ekologiya polisiyasini tashkil etish taklifi prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 24 avgust kuni respublikadagi ekologik holatni yaxshilash bo‘yicha o‘tkazilgan tanqidiy ruhdagi video-selektor yig‘ilishida o‘rtaga tashlangan edi.
Ekopolisiyaning asosiy vazifasi sifatida hududiy ekologiya organlari bilan hamkorlikda ekologik qonun buzilishlarga qarshi kurashish, reyd tadbirlarini o‘tkazish nazarda tutilmoqda.
IIV matbuot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov Sputnik nashriga ayni vaqtda mamlakatda ekopolisiyani tashkil etish bo‘yicha farmon loyihasi ustida ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!